Yoshlar mundiali o‘tadigan shaharlarning tasdiqlanishi kechikmoqda

Sport

image

Futbol bo‘yicha 20 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimiga 10 kun qoldi, biroq turnir o‘yinlariga mezbonlik qiladigan shaharlar hali tasdiqlanmagan. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z sahifasida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Indoneziya futbol federatsiyasi rahbariyati dastlabki ro‘yxatga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan va endi yangi ro‘yxatni tasdiqlash FIFA rahbariyatiga bog‘liq.

Shu bilan birga, Bali provinsiyasi gubernatori Isroil terma jamoasi o‘z o‘yinlarini orolda o‘tkazishni istamayapti. Vaziyat oson emas va hozir yakuniy qaror qachon ma’lum qilinishini oldindan aytish qiyin.

Ma’lumot uchun, yoshlar mundialida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi. May oyida boshlanadigan U-20 Jahon chempionati ishtirokchilari orasida Ravshan Haydarov shogirdlari 3-savatdan joy olgan. Bu degani mundial guruh bosqichida O‘zbekistonga Nigeriya, Yaponiya, Iroq, Honduras va Fiji kabi mamlakatlar raqib bo‘lmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Jahon chempionati Yoshlar mundiali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing