Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etiladi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga tashrifi davomida erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mavjud tajriba asosida, hududlarda Yoshlar kichik sanoat zonalari tashkil etilishini e’lon qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamg‘arma tashkil etiladi va unga 100 million dollar mablag‘ ajratiladi. Jamg‘arma yoshlarning loyihalarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shartlarda va past foizlarda moliyalashtiradi. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish binolari qurilib, yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida beriladi.

“Bugun o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, jamiyatdagi yangilanishlar jarayonida faol ishtirok etayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Lekin, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan, adashgan, ko‘makka muhtojlari ham yo‘q emas. Shuning uchun yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatishga xizmat qiladigan “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish vazifasi topshiriladi”, deydi Prezident.

Forumda mutasaddilarga shu borada ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston yoshlar forumi

Baholaganlar

56

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing