Yosh oilalarga uy uchun qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi
Jamiyat
−
30 iyun 2021
8583Ipoteka dasturi doirasida uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 mingta kvota ajratiladi va ushbu maqsadlar uchun byudjetdan 60 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumidagi nutqida aytib o‘tdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yosh oilalarning ipoteka kreditini qaytarishga to‘lagan mablag‘lari daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi.
Shuningdek, “Daftarlar”ga kirgan oilalarning yangi turmush qurayotgan farzandlariga o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy tiklashi uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, “Temir daftar”da qayd etilgan oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun avgust oyida 500 ming so‘mdan moddiy yordam beriladi.
Avvalroq, yangi o‘quv yilidan talabalarga ta’lim krediti 7 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha ajratilishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi