Yorug‘likka umid: Yelizaveta II xalqiga murojaat bilan chiqdi
Olam
−
26 dekabr 2020
4707Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Rojdestvo bayrami munosabati bilan mamlakat aholisiga murojaat qildi. Qirolicha COVID-19 pandemiyasi bilan o‘tgan yildan so‘ng, kelasi yilda vaziyat yaxshilanishiga umid bildirgan.
"Buyuk Britaniya va butun dunyoda odamlar bu yilgi muammolarni munosib qabul qildi. Men bu g‘ayratli ruhdan faxrlanaman va ta’sirlanaman. Ko‘pchilik uchun yilning bu vaqti qayg‘uli bo‘ladi. Ba’zilar yaqinlarini yo‘qotdi, ayrimlar hozir o‘zlaridan uzoqda bo‘lgan do‘stlari va oila a’zolarini sog‘inadi. Agar siz ular orasida bo‘lsangiz, bilingki, siz yolg‘iz emassiz. Men hammangiz uchun duo qilaman", degan u.
Ma’lumot o‘rnida, Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi turi tufayli London, Uels va Shotlandiyada kuchli lokdaun joriy etildi. Sayohat qilish taqiqlandi, do‘konlar yopildi, odamlarning bir-biri bilan uchrashuvi imkon qadar cheklandi.
So‘nggi bir kun ichida Buyuk Britaniyada yangi antirekord qayd etildi, 32 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan. Virusning yangi shtammi yanada yuqumliroq ekani aytilmoqda.
Avvalroq, qirolicha Yelizaveta II 33 yil ichida birinchi marta Rojdestvo bayramini koronavirus pandemiyasi sababli cheklovlar kuchaytirilgani munosabati bilan Vindzor qal’asida nishonlagani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi