Yerni 300 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan rais qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Samarqandda fermer xo‘jaligi raisi yerni mo‘maygina pulga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 1983 yilda tug‘ilgan Z.A. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida Bulung‘ur tumanida yashovchi, fermer xo‘jaligida rais bo‘lib ishlovchi “M” ismli shaxs, o‘zining fermer xo‘jaligiga qarashli yer maydonidan fuqaro Z.A.ga baliqchilik bilan shug‘ullanishi uchun 20 gektar yer maydonini 300 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 50 mln so‘m miqdordagi pullarni talab qilganligini aytgan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Bulung‘ur tumanida  o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1960 yilda tug‘ilgan M.A. xizmat mavqeidan foydalanib ariza muallifi Z.A. dan  300 mln so‘mdan 50 mln so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Er

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing