Yerga xavfli asteroid yaqinlashyapti
Olam
−
20 mart 2020 32397 1 daqiqa
Joriy yilning aprel oyi oxirida ulkan asteroid Yerga yaqin masofadan uchib o‘tadi. Bu haqda AQSH Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) ma’lum qildi.
52768 (OR2 1998) raqamli asteroid 29 aprel kuni Yerga minimal masofada yaqinlashadi va atigi 6,29 mln km uzoqlikda bo‘ladi. NASA hisobiga ko‘ra, tosh sayyoramiz tomon soniyasiga 8,7 km yoki soatiga 31,320 km tezlikda harakat qilmoqda. Asteroidning diametri 1,8-4,1 kmga teng.
“Agar u yerga tushsa, global falokat yuz beradi”, deyiladi agentlik xabarida.
Bu asteroid Yer orbitasini kesib o‘tishi bilan xavfli. U Quyosh atrofida 3,68 yilda aylanib chiqadi. NASA bunday asteroidlarning yaqinlashishi tez-tez yuz berishini aytib o‘tgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr