Yerevan markazida Pashinyanga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi
Olam
−
18 aprel 2022
5536“Faxrlanaman” parlament muxolifati fraksiyasi rahbari, Armaniston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Artur Vanetsyan kecha, 17 aprel kuni respublika Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Tog‘li Qorabog‘ning kelajagi haqidagi bayonotlari yuzasidan muddatsiz norozilik e’lon qildi. Voqea joyidan olingan video mahalliy axborot portallari tomonidan jonli efirga uzatildi.
“Aslida bu bayonot va rasmiylarning niyati – xiyonat. Men hech qayerga bormayman, shu yerda qolaman va barcha fuqarolarni qo‘shilishga chaqiraman”, degan u Yerevan markazidagi Respublika maydonida.
Artur Vanetsyan va uning bir guruh tarafdorlari 18 aprelga o‘tar kechasi Ozodlik maydonida Pashinyanning bayonotiga qarshi chiqishda davom etishdi.
Muxolifat maydonga chodir tikishga ulgurmadi. Namoyish o‘tkazilgan joy yaqinida kuchaytirilgan politsiya otryadlari navbatchilik qildi. Namoyishlarda qatnashganlar orasidan 5 kishi hibsga olindi. Hibslar namoyishchilar Yorevanning markaziy ko‘chalaridan birini to‘sib qo‘yishga uringanidan keyin boshlangan.
Joriy yilning 13 aprel kuni Pashinyan, xalqaro hamjamiyat Armanistondan Tog‘li Qorabog‘ maqomi bo‘yicha talablar chegarasini pasaytirishni talab qilayotgani, shu bilan birga tan olinmagan respublika aholisi xavfsizligini ta’minlash uchun kuchli koalitsiya tuzishga va’da berayotganini aytgan edi. Muxolifat bu so‘zlarni hukumatning Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligi sifatida baholadi.
LiveBarchasi