“Yerda” yursa, hurmati oshadi – Prezident tuman rahbarlarining ishini tanqid qildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 5 fevral kuni Farg‘ona shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Seyesiya yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev faollar oldida nutq so‘zlab, viloyatga kelishdan maqsadini aytib o‘tdi.

“Bu yerga kelishdan oldin ko‘p-ko‘p tahlil qildik. Kelib-ketish oson. Lekin 4 millionlik viloyat aholisiga nima manfaat bo‘ladi, degan savol ko‘ndalang turibdi. Shuning uchun bir oydan beri tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Kecha tumanlarda yurib, odamlar bilan gaplashdim. Farg‘onaning ertasi nima bo‘ladi, deb kechasiyam o‘ylab chiqdim. Koronavirus kasalligi yonimizda yurgandek, iqtisodiy xavf-xatar ham yonimizda yuribdi. Dunyodagi inqiroz hamma davlatlarga ta’sir qildi. Bozor topish - azob bo‘lib ketdi. Shuning uchun yangi “o‘sish nuqtalari”ni shakllantirib, imkoniyatlarni to‘liq ishga solishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident tumanlardagi mutasaddilarning ish uslubi, joylardagi muammolarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Agar rahbar oddiy, samimiy bo‘lib, “yerda” yurib, xalqning dardini bilib, og‘irini yengil qilsa, uning hurmati oshadi. Faqat stolda o‘tirib, mashinada yurish bilan obro‘ oshib qolmaydi. Mening eng katta tashvishim - quyi pog‘onadagi, tuman miqyosidagi rahbarlar o‘ziga mas’uliyat olmayapti. Bor imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, faollar birlashib, ko‘p masalalarni tuman, mahallaning o‘zida hal qilsa bo‘ladi. Hokim halovatga intilmasligi kerak, o‘zini ishga bag‘ishlashi kerak”, deydi Prezident.

Ayni paytda Prezident viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallabay tizimda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash vazifalari bo‘yicha ma’ruza qilmoqda.

Avvalroq, yig‘ilishda xizmat vazifasini yetarli darajada bajarmagani uchun Quva, O‘zbekiston va Yozyovon tumani hokimlari hamda ayrim sektor rahbarlari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Farg'onaga tashrif

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing