Mirziyoyevni haqoratlab, “komment” yozgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
30 aprel
81711Internetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqoratlab, izoh yozgan 28 yoshli yigit 5 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 2024 yil 28 martdagi hukmiga muvofiq 1996 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan D.T. Jinoyat kodeksining 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismi va 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, D.T. 2016 yilda O‘zbekistondan Ozarbayjonga borgan, u yerdan esa fuqarolik pasportiga dunyoning barcha mamlakatlariga chiqish uchun maxsus ruxsat stikeri rasmiylashtirilmagan bo‘lsada, belgilangan tartibni buzib, Eronga kirib, qonunga xilof ravishda chet elga chiqqan. Bundan tashqari, u internetda Prezidentni haqoratlagan izohlar qoldirgan.
D.T. – ma’lumoti o‘rta-maxsus, bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, mavsumiy ishchi. Sud unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.