Mirziyoyev mehnat ta’tilidan qaytdi
Jamiyat
−
29 aprel 2024
6478O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 29 aprel kuni davlat rahbari Prezident maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.
Shuningdek, joriy haftada Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Mirziyoyev birinchi mehnat ta’tiliga 2019 yil 5 avgustda chiqqan. 2021 yilda Prezidentning ta’tili 7 kun – 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan. 2022 yilda esa Mirziyoyevning qisqa muddatli mehnat ta’tili 5 yanvardan 7 yanvargacha bo‘lgandi. Prezident o‘tgan yili 4 dekabrdan qisqa muddatli ta’tilga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kunidan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
LiveBarchasi