Yer aholisi haddan tashqari ko‘payib ketgan – tadqiqot

Bu qiziq

image

Yer sayyorasi aholisining soni resurslarga zarar yetkazmasdan sayyora ta’minlay oladigan darajadan oshib ketgan. Bu haqda “Environmental Research Letters” (ERL) jurnalida e’lon qilingan maqolada keltirilgan.

Tadqiqotda mavjud resurslarni hisobga olgan holda odamlarning sonini baholash imkonini beruvchi “sig‘im qobiliyati” konsepsiyasidan foydalanilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, optimal daraja taxminan 2,5 milliard kishini tashkil etadi, vaholanki amaldagi aholi soni 8 milliarddan oshib ketgan.

Tadqiqotchilarning bildirishicha, bunday o‘sish asosan qazib olinadigan yoqilg‘idan faol foydalanish tufayli sodir bo‘lgan. Bu turmush darajasini vaqtincha oshirib, resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirgan bo‘lsa-da, lekin uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlamadi.

Qo‘shimcha ravishda qayd etilishicha, uglevodorodlarga qaramlik ekologik xavflarni kuchaytiradi va iqlimga ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislar aholi soni o‘sishda davom etishini taxmin qilyapti. Mualliflarning prognozlariga ko‘ra, XXI asrning ikkinchi yarmida aholi soni 11–12 milliard kishiga yetishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda tarixdagi eng katta aholini ro‘yxatga olish jarayoni boshlangani haqida xabar berilgan edi. Hindistonda o‘tkazilgan so‘nggi aholini ro‘yxatga olish jarayoni 2011 yilda bo‘lib o‘tgan va unda 1,21 milliard aholi qayd etilgan. Hozirda aholining soni 1,4 milliarddan ortiq deb baholanmoqda, bu esa Hindistonni dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

aholi sayyora resurs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing