Pluton ortida yana bir sirli sayyora topildi
Bu qiziq
−
31 Oktyabr 806 2 daqiqa
Olimlar Quyoş tizimida Pluton orbitasidan taşqarida joylaşgan yangi mitti sayyora nomzodini aniqladi. 2026 ED138 deb nomlangan osmon jismi hozirça uşbu turdagi eng yirik va yorqin ob’ektlardan biri bölişi mumkin. Bu haqda AQŞ Milliy ilmiy jamğarmasi va Energetika vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yurituvçi Vera Rubin observatoriyasi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, yangi ob’ekt joriy yilning 13 oktyabr kuni astronom Metyu Xolman tomonidan observatoriya ma’lumotlarini tahlil qiliş jarayonida aniqlangan. Dastlab uning yorqinligi va Quyoşdan uzoqligi olimlar e’tiborini tortgan.
Keyinçalik tadqiqotçilar observatoriya arxivlarini qayta körib çiqib, 2026 ED138’ning avvalgi kuzatuvlarini ham topgan. Ma’lum bölişiça, osmon jismi joriy yilning 4 martidan 11 iyuligaça – 20 keça davomida 30 marta kuzatilgan. Şuningdek, 2016 yilga oid arxiv suratlari ham uning orbitasini aniqlaşga yordam bergan.
Hozirda 2026 ED138 Quyoşdan taxminan 46 astronomik birlik uzoqlikda joylaşgan. Taqqoslaş uçun, mitti sayyora Plutonning Quyoşdan örtaça masofasi 40 astronomik birlikni taşkil etadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yangi ob’ektning diametri 600 kilometrdan 1 500 kilometrgaça bölişi mumkin. Uning orbitasi Quyoş tizimi tekisligiga nisbatan qariyb 25 daraja qiyşaygan.
Olimlar 2026 ED138 mitti sayyora maqomini olişi uçun qöşimça kuzatuvlar ötkazişi kerak. Xususan, uning aniq ölçamini belgilaş va tabiatini tasdiqlaş uçun infraqizil kuzatuvlar zarur.
Agar uning mitti sayyora ekani tasdiqlansa, 2026 ED138 Xalqaro astronomiya ittifoqi rasman tan olgan Pluton, Serera, Erida, Xaumea va Makemake qatoriga qöşilişi mumkin.
Ma’lumot uçun, Vera Rubin observatoriyasi 2026 yilning iyun oyida osmonni keng kölamda kuzatişga möljallangan ön yillik tadqiqot dasturini boşlagan. Observatoriya şu davr mobaynida janubiy yarimşar osmonini muntazam suratga olib, Quyoş tizimi va koinotdagi yangi ob’ektlarni aniqlaşni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Olimlar ayrim nazariy şaroitlarda qora tuynuk ikki qismga bölinişi mumkinligini hisoblab çiqqani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi