Yordamga muhtoj oilalarga 150 mlrd so‘m tarqatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan "Saxovat va ko‘mak" fondi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam tarqatiladi.

Buning uchun Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 150 mlrd so‘m ajratilishi belgilandi.

Ushbu mablag‘ hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 10 mlrd;
Andijon viloyati - 10 mlrd;
Buxoro viloyati - 10 mlrd;
Jizzax viloyati - 5 mlrd;
Qashqadaryo viloyati - 20 mlrd;
Navoiy viloyati - 5 mlrd;
Namangan viloyati - 10 mlrd;
Samarqand viloyati - 10 mlrd;
Surxondaryo viloyati - 10 mlrd;
Sirdaryo viloyati - 5 mlrd;
Toshkent viloyati - 10 mlrd;
Farg‘ona viloyati - 10 mlrd;
Xorazm viloyati - 10 mlrd;
Toshkent shahri - 25 mlrd.

Hududlardagi sektor rahbarlari 2 kun muddatda ushbu mablag‘larni aholiga tarqatilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing