YeOII davlatlari koronavirus sabab qator mahsulotlar eksportini to‘xtatdi

Olam

image

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kollegiyasi COVID-19 pandemiyasi fonida 30 iyungacha YeOII hududidan qator mahsulotlarni olib chiqishni taqiqladi. Bu haqda YeIK saytida xabar berildi.

“31 mart kuni o‘tkazilgan YeIK Kollegiyasi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlaridan alohida oziq-ovqat mahsulotlarining olib chiqib ketilishini vaqtincha taqiqlash ga yo‘naltirilgan choralarning “ikkinchi paketi”ni qabul qildi”, deyiladi xabarda.

Gap grechixa, guruch, javdar kungaboqar urug‘i, piyoz, sarimsoq, tariq, yorma, un, bug‘doy, maydalangan grechixa urug‘i, shuningdek, dukkakli o‘simliklar, grechixa va kungaboqar urug‘idan tayorlangan mahsulotlar haqida boryapti.

Qaror rasmiy saytda e’lon qilingan kundan 10 un o‘tib amal qila boshlaydi. YeIKda ta’kidlanishicha, bu qaror pandemiya vaqtida aholini mahsulot bilan ta’minlsh imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

EOII koronavirus

Baholaganlar

93

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing