Yenotlar chiqindidan to‘p yasab, bir-biriga “futbol” o‘ynashni o‘rgatdi (video)
Olam
−
18:25 961 1 daqiqa
Meksikaning Kosumel orolida yashovchi karlik yenotlar chiqindidan mustaqil ravishda o‘yinchoq yasashni o‘rganib, ular bilan futbolga o‘xshash o‘yinlar o‘ynay boshladi. Bu haqda “ New Scientist” xabar berdi.
Tadqiqotchi Nessi O’Nil turizmning karlik yenotlarga ta’sirini o‘rganish jarayonida hayvonlardan biri chiqindi qutisidan qog‘oz olib, uni suvga botirgani va keyin qumga bulg‘ab, shar shakliga keltirganini videoga olgan.
Tadqiqotchi keyingi kunlarda yenotlar qog‘oz va qumdan yasalgan sharlar bilan birga o‘ynayotganini kuzatgan. O‘yinga boshqa yenotlar ham qo‘shilgan.
Olimlarning aytishicha, yosh yenotlar ushbu ko‘nikmani bir-biridan o‘rgangan va hatto ona yenotga ham shu usulni o‘rgatishga uringan. Biroq onasi bu harakatni takrorlay olmagan.
Tadqiqotchilar hayvonlarning o‘yinchoq yasashi kam uchraydigan holat ekanini qayd etgan. Endi olimlar yenotlar ushbu ko‘nikmani keyingi avlodlarga ham o‘rgatish-o‘rgatmasligini aniqlamoqchi.
Ma’lumot uchun, karlik yenotlar faqat Kosumel orolida uchraydi va yo‘qolib ketish xavfi ostida. Tabiatda ularning 200 dan kamroq vakili qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokiodagi Xaneda aeroportida Meksikadan Janubiy Koreya orqali kelgan 23 yoshli erkakning yukidan 200 ga yaqin kaltakesak topilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi