Yong‘inda o‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi qanday qaytariladi?

Olam

image

Qozog‘istonning Olmaota shahri hokimiyati Adi Sharipov ko‘chasida joylashgan hostelda sodir bo‘lgan yong‘inda qurbon bo‘lganlarning dafn marosimini tashkil etish va marhumlarning jasadlarini yetkazishda yordam beradi. Bu haqda hokimiyatning Telegram-kanalida xabar berildi. 

“Olmaota ma’muriyati jabrlanganlar va evakuatsiya qilinganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi, ovqatlanish tashkil etildi, zarur tibbiy-psixologik yordam to‘liq ko‘rsatildi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, shahar hokimi Erbolat Do‘sayev topshirig‘iga ko‘ra, hokimlik halok bo‘lganlarning jasadlarini yaqinlariga ko‘rsatilgan joylarga, jumladan, respublikaning boshqa hududlariga olib borishda yordam beradi. Bundan tashqari, Olmaota shahrida dafn marosimini tashkil etishda to‘liq yordam ko‘rsatiladi. 

Ma’lumki, yong‘inda 13 kishi – 9 Qozog‘iston fuqarosi, 2 Rossiya fuqarosi va 2 O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Marhumlarning oilalariga ko‘rsatiladigan yordam xorijlik fuqarolarga ham tegishlimi yo yo‘q, hokimlik bunga aniqlik kiritmagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari yong‘in va unda ikki o‘zbekistonlik vafot etgani xususida bayonot bergani yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qozog'iston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made