Yong‘inda ona yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Sholdirama MFY Muqimiy ko‘chasida joylashgan 29-uyda yong‘in yuz berdi. Bu haqda yong‘in-qutqaruv xizmatiga soat 11:30 da xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Yong‘in soat 12:45 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in xaqida kech xabar berilganligi sababli, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib kelganida, yong‘inning maydoni kengayib ketgani ma’lum bo‘lgan. Alanga qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.

Yong‘in oqibatida uyning 200 kv metr maydonda tomi, ichki qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Achinarlisi yong‘inni bartaraf etish vaqtida uy egasining onasi 2-gurux nogironi 1958 y.t fuqaro M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Farg'ona

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing