Yong‘inda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsi ochiqlandi
Olam
−
09 dekabr 2019
5351Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Sverdlov viloyati, Tazov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, kecha, 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30 da Tazov rayoni, “STROY PROEKT SERVIS” MCHJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqarolar:
1. Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 y.t;
2. Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 y.t;
3. Jumoyev Ergash Binoyevich, 1983 y.t.
Tan jaroxati olgan fuqaro:
1. Omanov Tolibjon Butayevich, 1966 y.t.
Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bog‘lik tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar