Yong‘in sodir bo‘lgan uydan ikki kishining jasadi chiqdi

Jamiyat

image

Andijonda yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki kishining jasadi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 3 dekabr kuni 06:20da Andijon shahri "Sanoat" MFY Temir yo‘l ko‘chasi 120-uyda yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan.  Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida uyning 1,5 kv metr maydonda pol qismi yongan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida, uy egasi, 1965 y.t. fuqaro Sh.T. va uning ayol tanishi 1982 y.t. fuqaro V.S.ning tutundan dimiqqan holda jasadlari topilgan. 

Yong‘inning taxminiy sababi - qo‘lbola elektr isitish moslamasidan foydalanish. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Andijon

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing