Yonayotgan o‘rmonni qutqarish kampaniyasi boshlandi

Olam

Avvalroq, Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘layotgani bois Irkutsk, Krasnoyarsk, Buryatiya va Yakutiyaning alohida hududlarida “Favqulodda holat” e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Yong‘inlar hamon davom etyapti va tobora kengayyapti. FVV xabariga ko‘ra, yong‘in tayga o‘rmonlarining 300 mln gektarini qamrab olgan. Bu taxminan Belgiya hududiga teng. Alanga tutuni sharqqa tomon harakatlangani bois, endi u Alyaskadan ham ko‘rinyapti. Qora tutun Kanada va hatto, Amerikaning Vankuver va Sietl shaharlari sohillariga ham yetib borgan.

Davom etayotgan yong‘inlar sababli Rossiyadagi xususiy aviakompaniyalardan biri S7 o‘z nomini o‘zgartirdi.

“Sibirt – bizning aviakompaniyaning vatani. Biz mintaqadagi ekologik vaziyatga befarq qololmaymiz. Sibirdagi o‘rmon yong‘inlari 3 mln gektardan ortiq maylonni egalladi.

Biz vaqtincha o‘zimizning tarixiy nomimiz – “Aviakompaniya Sibir”ga qaytamiz hamda Sibir o‘rmonlarini tiklash uchun tashabbusini ilgari suramiz”, deyiladi aviakompaniya xabarda.

Kompaniya 1 mlnta daraxt ekish uchun yetarli mablag‘ to‘plash kampaniyasini boshladi. Shundagina kompaniya S7 Airlines brendini qaytaradi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'rmon yong'ini Sibir'

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing