Yelizavetta II kimni qirollikka tayyorlay boshlagani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II evarasi Jorjni qirollik taxtini egallashga tayyorlamoqda. Bu haqda “ Woman’s Day” nashri xabar bermoqda. 

Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning o‘g‘li otasidan keyin taxtga o‘tiradigan ikkinchi nomzod. Manbalarga ko‘ra, qirolicha sakkiz yoshli evarasini taxtga o‘tirishga tayyorlay boshlagan. U Jorjni o‘zi bilan shaxsiy suxbatlarga olib bormoqda, shuningdek u bilan ko‘proq vaqtini o‘tkazmoqda. 

Aytishlariga qaraganda, Jorjning otasi shahzoda Uilyamga ham 13 yoshidan shunday darslar berilgan. 

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Jorj juda ham beparvo bola bo‘lib, bog‘da futbol o‘ynashga va hasharotlarni ovlashni yoqtirgan. Shahzodaning ota-onasi unga bir kun kelib taxtni egallashini aytishgan. Shundan so‘ng bola tushuna boshlagan. Hozirda qirollik oilasi a’zolarining unga bo‘lgan munosabati o‘zgacha.


Maqola muallifi

Teglar

taxt qirollik

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar