Yelizaveta II o‘g‘lini unvonlardan mahrum qildi. Shahzodani sud kutmoqda

Olam

image

Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishda ayblanayotgan Buyuk Britaniya shahzodasi Endryu bundan buyon “zoti oliyalari” deb atalmaydi. Qirolicha Yelizaveta II ning bu qarori York gersogi saroy hayotidan to‘liq chetlashtirilganini anglatadi, deb xabar bermoqda “New York Post” manbalariga tayanib.

Ta’kidlanishicha, shahzoda Endryuning boshqa vazifalari ham qirollik oilasining boshqa a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi. Sudda qirolicha Yelizaveta II ning o‘g‘li oddiy fuqaro sifatida himoyalanadi.

Qayd etilishicha, shahzoda Charlz va shahzoda Uilyam talabiga ko‘ra, York gersogi unvonlarini olib tashlash qirollik oilasining omon qolishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Bu haqda saroydagi manbaga tayanib, “Daily Mail” yozmoqda.

Nashrning yana bir suhbatdoshiga ko‘ra, bu qaror qirollik oilasini janjaldan uzoqlashtirishga urinish bilan bog‘liq. 

“[Shahzoda Endryu] unvon va homiylikdan mahrum etilishi endi monarxiya qonuniy ravishda o‘zining aybsizligi haqida gapirishi mumkinligini anglatadi”, degan manba.

Ma’lumot uchun, qirolicha Yelizaveta II ning o‘g‘li Endryu Virjiniya Roberts-Juffrega jinsiy zo‘ravonlik qilishda gumonlanyapti. Uning ta’kidlashicha, 2001 yilda u 17 yoshligida amerikalik moliyachi va gersogning do‘sti Jeffri Epshteyn uni shahzoda bilan uch marta jinsiy aloqa qilishga majburlagan. Sud Juffrening fuqarolik da’vosini rad etishdan bosh tortdi va Endryuga qasamyod ostida guvohlik berishni buyurdi.

Shahzodaning rejalaridan xabardor bo‘lgan “Daily Mirror” manbasining ta’kidlashicha, u sudda o‘z obro‘sini himoya qilishga bel bog‘lagan va mojaroni suddan tashqari hal qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmayapti. 13 yanvar kuni Yelizaveta II Endryuni rutba va harbiy unvonlaridan mahrum qildi. Bundan tashqari, u Vindzor qal’asidan uch mil uzoqlikda joylashgan 31 xonali uydan haydalishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

303

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing