Yelizaveta II tug‘ilgan kunini kamtarona nishonladi (fotoreportaj)

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II'ning tug‘ilgan kuni bugun, 13 iyun kuni rasmiy ravishda nishonlandi. Bu haqda BBC agentligi xabar berdi.

Qirolicha sharafiga Vindzor qal’asida kichik harbiy parad o‘tkazildi. Odatda yuzlab harbiylarni o‘z ichiga oladigan marosim koronavirus pandemiyasi tufayli qisqartirilgan.

Bu yil qirolicha 94 yoshni qarshiladi. Yelizaveta II o‘zining tug‘ilgan kunini yilda ikki marta nishonlaydi. Tug‘ilgan kunni Britaniya monarxlari orasida ikki marta nishonlash odati qirol Jorj II davridan beri bor. Gap shundaki, qirol 1748 yil 30 oktyabrda tug‘ilgan, ammo u tug‘ilgan kunini yozda nishonlashni yaxshi ko‘rar edi.

Yaqinda qirolicha Yelizaveta II'ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp 99 yoshni qarshiladi. Ular tug‘ilgan kunni o‘zlarining sevimli yashash joylari – Vindzor qal’asida birgalikda nishonlashdi. Qirol va qirolicha koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri hamma vaqtlarini shu yerda o‘tkazishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Elizaveta II

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing