Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizildi 

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp tobi qochgani tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Bukingem saroyi matbuot xizmatiga tayanib xabar berilgan. 

Matbuot xizmatining xabar berishicha, 99 yoshli Filipp ehtiyotkorlik choralari sifatida davolovchi shifokori tavsiyasiga binoan shifoxonaga yotqizilgan. 

Edinburg gersogi bir necha kun shifoxonada kuzatuv ostida yotishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yil yanvar oyida Yelizaveta II va uning eri, Edinburg gersogi Filipp koronavirusning yangi turiga qarshi emlangani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Filipp

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing