Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 99 yoshni qarshiladi

Olam

image

Bugun, 10 iyun kuni shahzoda Filipp 99 yoshni qarshi oladi. Bayram tinch o‘tadi, chunki Yelizaveta II va uning turmush o‘rtog‘i karantin qoidalariga amal qilgan holda hamon o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishda qolmoqda. Ma’lum qilinishicha, tabriklar audio va video orqali qabul qilinadi. Tug‘ilgan kunga atalgan qurolli salyut ham bekor qilinadi. 

94 yoshli qirolicha Yelizaveta II va uning eri, Edinburg gersogi shahzoda Filipp Pasxa bayramidan beri izolyatsiyada qolmoqda. Er-xotin Bukingem saroyini tark etib, mart o‘rtalarida Vindzor saroyiga ko‘chib o‘tishgan va Londonga qaytishlarini hali rejalashtirishmagan.

Shunday qilib, bu yil qirolicha Yelizaveta ham o‘z tug‘ilgan kuniga tabriklarni, hatto unga eng yaqin odamlardan ham telefon va video orqali qabul qildi. Tavallud ayyom sharafiga otiladigan salyutlar ham bekor qilingan edi o‘shanda.

Aftidan, Yelizaveta II va uning eri bunday uzoq vaqt birga bo‘lmagan. Shahzoda Filipp nafaqaga chiqqanidan beri, ko‘p vaqtini Sandringemda o‘tkazmoqda. Qirolicha esa o‘z vazifalari tufayli Bukingem saroyida qolmoqda.

Shahzoda Filipp tarix davomida Britaniya qirollik oilasi a’zolari orasida umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda u va uning rafiqasi o‘z to‘ylarining 70 yilligini nishonlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II shahzoda Filipp

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing