Yelizaveta II ning marhum turmush o‘rtog‘i Filippga bag‘ishlangan tanga zarb qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyada Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning aprel oyida vafot etgan turmush o‘rtog‘i, Edinburg shahzodasi Filippga bag‘ishlangan 5 funtlik tanga ishlab chiqarildi. Tanganing dizaynini gersogning o‘zi hayotlik chog‘ida tasdiqlagan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, mamlakatda Qurolli Kuchlar kunini nishonlash doirasida shahzoda Filippning portreti tushirilgan tanga chiqarilgan. Uning uch xil varianti mavjud: olmos, kumush va oltin. 

“Shahzoda Filippning harbiy dengiz floti qo‘mondoni bo‘lgani hamda bizning monarximizga va uning qirollik burchiga bo‘lgan sadoqatini inobatga olib, Qurolli Kuchlar kunida tanga taqdim etganimdan faxrlanaman”, degan Buyuk Britaniya Moliya vaziri Rishi Sunak. 

Rassom Yan Rank-Brodli tomonidan yaratilgan tanga qonuniy to‘lov vositasi, ammo u kolleksiya qilishga mo‘ljallangan. U cheklangan bo‘lib, muomalaga kiritilmaydi. 

Ushbu esdalik tanga Buyuk Britaniyaning Qirollik zarbxonasi veb-saytida, Britaniyaning qirollik pochtalari bo‘limlarida hamda mamlakatdagi va dunyodagi ixtisoslashtirilgan do‘konlarda mavjud bo‘ladi. Qirollik an’analariga muvofiq, esdalik tanga 5 funt sterlingni tashkil etadi. 

Shuningdek, Qirollik zarbxonasi Buyuk Britaniyada va butun dunyoda jamoat ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun shahzoda tomonidan 1956 yilda ta’sis etilgan Edinburg gersogi mukofotiga 50 ming funt sterling miqdorida xayriya mablag‘lari ajratadi. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Yelizaveta II ning eri, Edinburg gersogi Filipp joriy yilning 9 aprel kuni 99 yoshida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing