Yelizaveta II ning azasi tugadi

Olam

image

Britaniya Qirolicha Yelizaveta II vafoti munosabati bilan milliy motamni tugatdi. Jamoat binolaridagi bayroqlar yana ko‘tarildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, qirollik saroylari va binolaridagi bayroqlar yarim tushirilgan holatda qoladi, chunki qirol oilasi orasida motam yana yetti kun davom etadi. Bu davrda oila ommaviy tadbirlarda qatnashmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II ning dafn marosimi kecha, 19 sentyabr kuni Vindzor qasridagi Qirol Jorj VI yodgorlik kapellasida bo‘lib o‘tdi. U eri shahzoda Filipp bilan dafn etildi.

Shaxsiy dafn marosimi 19 sentyabr kuni kechqurun bo‘lib o‘tdi. Unda qirol Charlz III va qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.  Yelizaveta II dafn etilgan ibodatxonada uning ota-onasi qirol Jorj VI va qirolicha Yelizaveta, shuningdek, singlisi malika Margaretning kullari dafn etilgan.

Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. U 96 yoshda edi. U qirollikni 70 yil boshqardi. 19 sentyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxtiga butun dunyodan 500 ga yaqin yuqori martabali mehmonlar yig‘ilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qirolichaning oxirgi qabuliga Buyuk Britaniyaning barcha tirik sobiq Bosh vazirlari kelishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing