Yelizaveta II ikkita holatda tojdan voz kechishini aytdi
Olam
−
03 Sentabr 2021
12832Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshli Yelizaveta II faqatgina ikkita holatda taxtdan voz kechmoqchi. Bu haqda qirollik biografi Metyu Dennison o‘zining “Qirolicha” kitobida yozgan, deb xabar bermoqda “Town and Country” nashri.
Biograf Metyu Dennison qirolicha yaqin orada taxtdan voz kechishni rejalashtirmayotgani haqida yozgan. U faqatgina salomatligi bilan bog‘liq muammo tufayli tojni vorisiga topshirishi mumkin.
“U ikki holatda vakolatini topshiradi. Agar Alsgeymerga chalinsa yoki insult o‘tkazsa”, degan Dennison kitobida.
Qiroicha Yelizaveta II Buyuk Britaniyani 68 yildan beri boshqaradi.
So‘nggi yillarda qirol oilasi ichki qarama-qarshiliklarga duch keldi. Ba’zi shahzodalar qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda ayblab, monarxiyaga qarshi axborot urushi boshladi. Bundan tashqari, Yelizaveta II ning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 99 yoshida vafot etdi. Shahzoda Endryu bilan yuz bergan mojaro ham shov-shuvga sabab bo‘ldi. U balog‘atga yetmagan qizning nomusiga tegishda ayblanmoqda.
Yelizaveta II qirollik oilasiga qarshi fikrlar bildirgan shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklga sud bilan tahdid qilishgacha bordi.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda shahzoda Garri rafiqasi va ikki farzandi bilan Santa-Barbara (AQSH) shahrida yashaydi. 2020 yilda Garri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi