Yolg‘on boshida kim? Hamzayev dalil keltirdi
Jamiyat
−
29 may 2020
13895Avvalroq, Innavitson rivojlanish vazirligi World Influencers Network asoschisi, “ZIYO FORUM” rivojlanish va ta’lim jamg‘armasi direktori o‘rinbosari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining sobiq maslahatchisi Behruz Hamzayevni jurnalist Kirill Altmanga bergan intervyusi vaqtida ushbu vazirlikni tashkil etish g‘oyasi undan chiqqani haqida aytgan fikrlariga raddiya bildirib chiqqandi. Shuningdek, vazirlik Hamzayev shaxsan ushbu tashkilotda ishlamaganini ham ma’lum qildi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Behruz Hamzayev vazirlikning raddiyasiga ham raddiya berdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida suhbat davomida aytgan gaplarini so‘zma-so‘z keltirgan:
“Senga mensiz yuzga kelgan g‘oya haqida aytib beraman. Aytgancha, men bu haqda birinchi marta ochiq gapiryapman. Bizda 2017 yil 27 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Innovsiya vazirligi tashkil etildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi – hatto nomini xato qo‘yishgan. Ushbu vazirlikning g‘oyaviy ilhomlantiruvchisi va konsepsiyasi muallifi menman”.
Hamzayev videoda xatolik ketgani va bu tuzatilganini qo‘shimcha qilgan.
U oddiy fuqaro hech qanday vazirlik tashabbuskori bo‘la olmasligi barcha uchun tushunarli ekani hamda Prezident va parlamentda bunday vakolat borligini qo‘shimcha qilgan.
Vazirlik bayonotida Behruz Hamzayev Innovatsion rivojlanish vazirligida rasman faoliyat yuritmagan, uning akasi Behzod Hamzayev boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan davrda Behruz akasining yonida yurgani ta’kidlangan.
Bunga javoban Hamzayev amalga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov imzolagan tavsiyanomani ilova qilgan.
Vazir tasdiqlagan xatda Behruz Hamzayevning Janubiy Koreyada olgan diplomini nostrifikatsiya qilish jarayoni murakkab bo‘lgani uchun u ishga rasman rasmiylashtirilmagani aytilgan. Shu sababdan mehnat daftarchasida uning vazirlikdagi ish staji ko‘rsatilmagani ham qo‘shimcha qilingan.
Behruz Hamzayev barchaga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirib, kuchini mamlakatning innovatsion rivojlanishi uchun sarflashini aytib o‘tgan.
LiveBarchasi