Yolg‘iz onalar farzandining bog‘cha pulini davlat to‘lab beradi

Jamiyat

image

Ehtiyojmand yolg‘iz ayollar farzandlari uchun davlat bog‘chalari to‘lovlari byudjetdan qoplab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Prezident yig‘ilishda e’lon qilingan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir qator chora-tadbirlarni sanadi. 

Xususan, yirik ishlab chiqarish korxonalari, to‘qimachilik klasterlari va kechki smenada aksariyat ayollar ishlaydigan korxonalar bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi davlat tomonidan to‘lab beriladi.

Shuningdek, 27 ming nafar ayolning uy-joy sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq rejalar belgilab olingan. Reja doirasida 2022 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo‘naltiriladi;

Yig‘ilishda uy-joyga muhtoj 14 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovlari uchun 500 ming so‘mgacha kompensatsiya berilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, 2022 yilda respublika bo‘yicha 1 mingta ijtimoiy uylar sotib olinadi. Viloyat hokimlari ushbu uylarning 700 tasini uy-joyga muhtoj yolg‘iz ayollarga ijaraga beradi, ushbu xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

xotin-qizlar

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing