YeL: Bugun yarim final. Inglizlar finalga chiqa oladimi?

Sport

image

Bugun, 2 may kuni Yevropa ligasida yarim final o‘yinlari o‘tkaziladi.

Har ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Asosiy o‘yin sifatida “Arsenal” – “Valensiya” uchrashuvi qaralmoqda. Negaki yevrokuboklarda ingliz-ispan qarama-qarshiligi har doim katta murosasizlikni keltirib chiqaradi.

YeCHLda ingliz klublarining dodini berayotgan “Barselona” uchun “Arsenal” javob tayyorlay oladimi? Bu kabi savollar hammani birdek qiziqtirmoqda.

Ikkinchi bahsda Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” Germaniyaga safar qiladi. Mahalliy “Ayntraxt Frankfurt” Sarri shogirdlarini yarim finalda qoldirib keta olishiga ko‘pchilik ishonmayotgan bo‘lishsada, bu klubning o‘ziga xos irodasini unutmaslik lozim. Ular deyarli yarim finalga chiqdi deyilgan “Benfika”ni o‘z uyida ojiz qoldirgan edi.

Nima bo‘lganda ham katta futbol bayrami davom etadi. Ortiqcha bahs-munozaralarsiz uni shunchaki tomosha qilib, rohatlanish zarur.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Arsenal EL

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing