YeL: Angliya jamoalari raqibdan ustun

Sport

image

Kecha, 11 aprel kuni Yevropa ligasining chorak finali ilk uchrashuvilari bo‘lib o‘tdi.
 
Markaziy bahs London shahridagi “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Arsenal” Italiyaning “Napoli” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahsda angliyaliklar jamoasi italyanlardan 2:0 hisobida ustun keldi.

Bahsning 14-daqiqasida Aaron Remsi londonliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 25-daqiqada Kalidu Kulibali o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Shunday qilib, o‘z uyidagi bahsda to‘p o‘tkazib yubormagan “Arsenal” turnirning yarim finaliga chiqish uchun ajoyib imkoniyat hosil qilib turibdi.

Ushbu bosqichda Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” safarda Chexiyaning “Slaviya”sini mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona gol 86-daqiqada mehmonlar himoyachisi Markus Alonso hisobiga yozildi.

Bundan tashqari kecha muxlislar ispan derbisiga guvoh bo‘lishdi. “Vilyarreal” boshqa bir Ispaniya jamoasi – “Valensiya”ni o‘z maydonida qabul qilib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Chorak finalning so‘nggi bahsida Portugaliyaning “Benfika” jamoasi Germaniyaning “Ayntraxt F” klubi ustidan 4:2 hisobida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Arsenal Evropa ligasi

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing