YeXHT raisi Toshkentdan so‘ng Dushanbega yetib bordi

Olam

image

Joriy yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) raislikni qabul qilgan Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Linde Tojikistonga amaliy tashrif bilan keldi.

Ann Linde tashrifi davomida Tojikiston rahbariyati, jumladan, Prezident Imomali Rahmon bilan uchrashdi. Shuningdek, u Tojikiston fuqarolik jamiyati vakillari bilan ham uchrashadi.

Kecha, 15 aprel kuni ertalab, Ann Linde Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, tomonlar “Shvetsiya bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarini, shuningdek tomonlarning YeXHT doirasidagi o‘zaro aloqalarini muhokama qilgan. Shuningdek, suhbatdan mintaqa va Afg‘onistondagi vaziyat mavzusi ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

14 aprel kuni Linde Shavkat Mirziyoyev qkbulida bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing