Yekaterinburgda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2019
3970Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, kecha, 29-oktyabr kuni erta tongda Perm-Yekaterinburg yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Z.S. vafot etdi.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda O‘zbekiston fuqarosining jasadini vatanga jo‘natish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor yetadi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.
LiveBarchasi