YeI va AQSH yaqin orada Ukraina bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani e’lon qiladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi va NATO uzoq kechikishdan so‘ng tez orada Rossiyani Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishga rasman qo‘shma chaqiruv bilan chiqishadi, shuningdek, Kiyev hukumatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da berishadi. Bu haqda kecha, 14 dekabr kuni Yevropadagi “Politico” gazetasida chop etilgan yangi qo‘shma deklaratsiya loyihasiga ishora qiluvchi materialda aytiladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjat matni bir yildan ko‘proq vaqt davomida ishlab chiqilgan, biroq Kipr va Turkiya o‘rtasidagi keskinlik tufayli ish to‘xtatilgan. Gazetaning manbalariga ko‘ra, deklaratsiya yaqin orada taqdim etiladi. 

Diplomatlardan birining nashrga aytishicha, hujjatda Xitoyga oid yana bir bo‘lim kiritilgan va Germaniya tashabbusi bilan qo‘shilgan. 

“Politico” ta’kidlaganidek, matn ko‘p jihatdan e’tiborga loyiq emas, ammo uni rasmiylashtirish, tayyorlash uchun bir necha oy vaqt sarflagani bois muhim diplomatik yutuq bo‘ladi. Deklaratsiya dastlab o‘tgan iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida imzolanishi kutilgan edi. Biroq hujjatni tayyorlashdagi doimiy kechikishlar tufayli umidsizlik kuchayib bormoqda, deya ta’kidlaydi “Politico”.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing