YeI Ukrainaga harbiy yordamni 5 milliard yevroga oshirdi
Olam
−
19 mart 2024 4176 1 daqiqa
Yevropa Kengashi o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan erishilgan maxsus yordam jamg‘armasi orqali Ukraina Qurolli kuchlariga YeIning yordamini 5 milliard yevroga oshirish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda kecha, 18 mart kuni kengash tegishli bayonotini e’lon qildi.
"Ushbu jamg‘arma bilan biz Ukrainani Rossiyaning agressiv urushidan himoya qilishda davom etamiz", deydi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel.
Bildirilishicha, Yevropa Ittifoqi ushbu mablag‘larni halokatli va halokatli bo‘lmagan harbiy texnika sotib olish va mashg‘ulotlarni moliyalashtirish uchun ishlatadi.
Shuningdek, Kengash ushbu buyumlarni Yevropa Ittifoqi va Norvegiya mudofaa pudratchilaridan birgalikda xarid qilish qoidalarini tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Yevropa tinchlik jamg‘armasi Rossiyaning Ukrainaga to‘liq miqyosli harbiy bostirib kirishi boshlanishidan oldin tuzilgan va uning hajmi 2021 yildan 2027 yilgacha bo‘lgan davrda atigi 5 milliard yevroni tashkil etgan. Urush boshlanganidan keyin jamg‘arma hajmi 12 milliard yevroga oshirildi, uning mablag‘larining 5,6 milliardi Ukrainaga yordam berishga yo‘naltirildi. Hozir jamg‘arma hajmi 17 milliard yevroga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlat elchilari jamg‘armani qayta ko‘rib chiqish va Ukraina armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun 5 milliard yevro qo‘shishga kelishib olgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025