YeI Ukraina harbiylarini tayyorlashni kengaytirmoqchi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosat xizmati rahbari Josep Borrel Ukraina Qurolli kuchlari  uchun harbiy tayyorgarlik dasturini sezilarli darajada kengaytirishni taklif qiladi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi uchun tayyorlangan takliflar o‘rin olgan hujjatga tayanib, DPA agentligi xabar berdi. 

Yevropa diplomatiyasi rahbarining taklifiga ko‘ra, muayyan sharoitlarda o‘quv tadbirlarini bosqichma-bosqich Ukrainaga o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, Borrel Kiyevga qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berish uchun qo‘shimcha milliardlar ajratishni tavsiya qilgan.

Aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarini tayyorlash bo‘yicha joriy rejalar Yevropa Ittifoqida 30 ming nafar ukrainalik harbiyni tayyorlashni nazarda tutadi. Bu maqsadga tez orada erishiladi, chunki hozirda o‘quv dasturini tugatgan va uni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar soni 25 mingga yetgan. 

“Yaqin kelajakda ta’limning yangi miqdoriy va sifatli maqsadlari belgilanishi kerak”, deyiladi hujjatda.

Taxminlarga ko‘ra, agar sulhga erishilsa, Ukraina harbiylarini tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar Ukrainaga o‘tkazilishi mumkin. O‘quv dasturini kengaytirish va keyingi qurol-yarog‘ yetkazib berishdan tashqari, Borrel Ukrainani qurol ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni kuchaytirishga ishontirmoqchi. Bundan tashqari, u razvedka ma’lumotlarining uzluksiz almashinuvi va minalardan tozalashda yanada ko‘proq yordam va’da qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

EI harbiy tayyorgarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing