YeI Twitter Yevropa qoidalariga rioya qilishdan bosh tortsa, uni taqiqlashi mumkin

Olam

image

Yevropa Ittifoqi rahbariyati dezinformatsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Yevropa talablariga rioya qilmasa, 25 avgustdan boshlab Twitter ijtimoiy tarmog‘ini taqiqlashi mumkin. Bu haqda Fransiyaning raqamli o‘tish va telekommunikatsiyalar bo‘yicha delegati Jan-Noel Barro ma’lum qildi.

"Agar bizning qoidalarimizga rioya qilmasa, Twitter Yevropa Ittifoqida taqiqlanadi. Yoz oxirida ijtimoiy tarmoqlar va savdo maydonchalari qoidalari kuchga kiradi, bu esa majburiy moderatsiyani, ularga ma’lum bo‘lgan noqonuniy materiallarni olib tashlashni nazarda tutadi”, deydi Barro.

Uning ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlar uchun maqsadli reklama taqiqlanadi.

“Xabar qilingan ma’lumotlarning ishonchliligi to‘g‘risida dalillarni taqdim etish kerak bo‘ladi, ular bo‘lmasa, o‘ta og‘ir jarimalar qo‘llaniladi. Agar voqea takrorlansa, tarmoqning Yevropa Ittifoqidagi faoliyat taqiqlanadi. Yevropa Ittifoqining onlayn dezinformatsiyaga qarshi kurash kodeksi bilan bir qatorda, 25 avgustdan boshlab asosiy platformalarni dezinformatsiyaga qarshi kurashishga majbur qiladigan qoidalar kuchga kiradi”, deydi delegat.

Barro Twitter ijtimoiy muhokamada muhim rol o‘ynashini tan olgan, biroq ijtimoiy tarmoqda tarqalgan dezinformatsiyalar bahsning o‘ziga va Yevropa demokratiyasiga tahdid soladi degan fikrni bildirgan.

Uning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqi ijtimoiy tarmoqlar va boshqa raqamli platformalarni barcha e’lon qilingan xabarlar uchun javobgar bo‘lishga majburlamoqchi emas, chunki bu ma’nosiz va so‘z erkinligini buzadi.

“Ammo biz ulardan ma’lum choralar ko‘rishni talab qilamiz. Ya’ni, ular noto‘g‘ri ma’lumot tarqatmaslik uchun imkon qadar tezroq noqonuniy materiallarni olib tashlashlari kerak", deya tushuntirgan Barro.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Twitter taqiqlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing