YeI sammiti Ukraina uchun yomon yakunlanishi mumkin – Zelenskiy
Olam
−
15 dekabr 2023
10024Ukrainaning a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlash masalasi ham ko‘rib chiqilayotgan Yevropa Ittifoqining ochilish sammiti Kiyev uchun yomon yakunlanishi ham mumkin. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqining 27 davlati yetakchilariga murojaatida aytib o‘tdi.
"Bu kun bizning tariximizga kiradi. Biz uchun yaxshi yoki yomon bo‘ladimi, tarix hamma narsani yozib oladi. Har bir so‘z, har bir qadam, har bir harakat va harakatsizlik... Bugun Yevropa buni qilishi juda muhim. Hech kim Yevropani ishonchsiz yoki o‘zi tayyorlagan qarorlarni qabul qila olmaydigan sifatida ko‘rishni xohlamaydi", degan u Bryusseldagi sammitda video aloqa orqali.
Zelenskiy sammit boshlanishiga qadar Ukraina bilan muzokaralarga start berish to‘g‘risida qaror qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv natijalari Moskvada "qoniqarli tabassum"ga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, Prezident Kiyev Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun muzokaralarini boshlash maqsadida qo‘yilgan talablar bo‘yicha “uy vazifasini” bajarganini aytdi.
"Biz va’da qilingan yechim haqida gapiryapmiz. Va men hech qanday qarshi dalillarni eshitmadim, nega biz butun Yevropa kelishib olgan rejani amalga oshirmasligimiz kerak", deydi Zelenskiy.
U o‘tgan yili Ukraina aniq tavsiyalar olganini ta’kidlab, barcha zarur asosiy qonunlar qabul qilinganini eslatgan.
"Bugun sizdan bir narsani so‘rayman - xalqqa va ularning Yevropadagi ishonchiga xiyonat qilmang. Agar Yevropaga hech kim ishonmasa, Yevropa Ittifoqining omon qolishiga nima yordam beradi? Agar Moskva Ukrainaga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan Bryusseldan yo‘llanma olsa, Yevropadagilar hech qanday foyda ko‘rmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina rahbari Rossiya 2023 yilda hech qanday taraqqiyotga erishmaganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 14-15 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida Ukraina bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Hozirda bu qaror Vengriya tomonidan bloklanmoqda. Sammit oldidan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina bilan Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralar boshlanishini qo‘llab-quvvatlay olmasligini yana bir bor aytgan.
Zelenskiy Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan video formatda gaplashdi. U bir kun avval Norvegiyada bo‘lgan bo‘lsa-da, muzokaralar bo‘yicha bir qarorga kelmagani uchun sammitga bormadi.
LiveBarchasi