YeI Rossiyani soliq boshpanalari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi
Olam
−
14 fevral 2023 5665 1 daqiqa
Bugun, 14 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyani soliq boshpanalari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda ittifoq kengashi bayonotida aytiladi.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi adolatli soliq raqobatini rivojlantirishda va zararli soliq amaliyotlarini hisobga olishda davom etmoqda.
“Kengash bugun Britaniyaning Virjiniya orollari, Kosta-Rika, Marshall orollari va Rossiyani soliq maqsadlarida hamkorlikda bo‘lmagan yurisdiksiyalar ro‘yxatiga qo‘shishga qaror qildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya ro‘yxatga 2022 yilda qabul qilingan Rossiyaning yangi soliq qonunchiligi ekspertlar tomonidan tekshirilgandan so‘ng kiritilgan.
Umuman olganda, 16 ta davlat Yevropa Ittifoqi ro‘yxatiga kiritilgan.
Hujjatda keltirilishicha, Rossiya Federatsiyasi bilan soliq masalalari bo‘yicha muloqot Ukrainada urush boshlanganidan keyin to‘xtatilgan.
Live
Barchasi