YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketini e’lon qildi
Olam
−
19 iyun
5504Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning doimiy vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketi bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda “EUobserver” portali hujjat loyihasiga asoslanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, tashkilot Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketi doirasida 20 dan ortiq jismoniy va 22 yuridik shaxsni qora ro‘yxatga kiritmoqchi. Ismini oshkor etmagan yevropalik diplomatga ko‘ra, ular orasida qo‘shiqchi Polina Gagarina, tadbirkorlar Igor Altushkin, Roman Trotsenko va Taymuraz Bolloyev ham bor.
Shuningdek, raislik bayonotida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar birgalikda Ukrainaga urushda g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun eng kuchli va keng qamrovli sanksiyalarni qo‘llashi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq YeI Rossiyaga qarshi 2014 yilgi sanksiyalar muddatini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi