YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi (YeI) davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda birlashmaning rasmiy jurnalida chop etilgan hujjatda aytiladi.

Bayonotda aytilishicha, Yevropa Ittifoqi mingdan ortiq Rossiya fuqarolariga nisbatan shaxsiy sanksiyalar kiritgan. Ular orasida siyosatchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari va yirik kompaniyalar rahbarlari bor. Xususan, Davlat Dumasi deputatlari Alla Polyakova va Anton Tkachev hamda Federatsiya Kengashi a’zosi Valeriy Ponomarev sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bundan tashqari, 100 ga yaqin Rossiya tashkilotlari cheklovlar ostida qoldi. Hujjatda ittifoq Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishi va Kiyevga qarshi qaratilgan faoliyati uchun jismoniy shaxslar va kompaniyalarga nisbatan choralar ko‘rishi ta’kidlangan.

Avvalroq Rossiyaning YeIdagi doimiy vakili Vladimir Chijov Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar paketi haqidagi barcha gaplari faraziy ekanini, chunki ular Yevropa davlatlariga avvalgilaridan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing