YeI Rossiya bilan Kaliningrad bo‘yicha kelishuvga erishdi – OAV
Olam
−
13 iyul 2022
15759Yevropa Ittifoqi va Rossiya Kaliningrad viloyatiga yuklarni temir yo‘l orqali tranzit qilishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash bo‘yicha kelishib oldi. “Izvestiya” nashrining Rossiya tomonidagi yuqori martabali manbalarga tayanib yozishicha, Bryussel Moskvani to‘liq qanoatlantirgan taklif yuborgan.
Taklif qilinayotgan hujjatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida tovarlar harakatini cheklash mumkin emasligi belgilanadi, ya’ni mintaqaga boradigan barcha tovarlar istisno tariqasida Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ro‘yxatidan olib tashlanadi.
Ko‘p narsa Bryussel Litva bilan tranzit bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga bog‘liq, negaki Vilnyus Yevropa Ittifoqi tomonidan taklif qilingan kelishivga rozi bo‘lishi oson kechmasligi taxmin qilinmoqda. Chunki, Litvaning pozitsiyasiga ko‘p jihatdan AQSH ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. Hozir bu masala Litva tomonida ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Litva Respublikasi 18 iyun kuni sanksiyalangan tovarlarning tranzitini to‘xtatdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Kreml Vilnyusning xatti-harakatlari noqonuniy va xalqaro kelishuvlarga zid ekanligini ta’kidladi. Litva hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, o‘z navbatida, mamlakat hech qanday bir tomonlama yoki qo‘shimcha cheklovlar kiritmaganini, faqat “sanksiyalarni izchil qo‘llayotganini” ta’kidladi.
Iyun oyi oxirida “Reuters” agentligi YeI Moskva bilan ziddiyatni yumshatish uchun Litva orqali Kaliningrad viloyatiga tranzit cheklovlarini bekor qilish niyatida ekanini xabar qildi.
Abdulvohid Yoqubov
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15