YeI Putinning qarorini soxta va ikkiyuzlamachilik deb baholadi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainada pravoslav Rojdestvo bayrami munosabati bilan vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusini “yolg‘on va ikkiyuzlamachilik” deb baholadi. 

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiya armiyasining o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi buyrug‘i yuzasidan bayonot berdi. 

Mishel “Kreml tajovuzkor, ukrain xalqi esa qurbon” deb yozgan. Uning ta’kidlashicha, tinchlik va xavfsizlikni tiklashning yagona real varianti Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi bo‘ladi. 

“Bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi e’lon noqonuniy va xunuk anneksiyalar va ular bilan birga o‘tkazilgan referendumlar kabi yolg‘on va ikkiyuzlamachilikdir”, deydi Sharl Mishel. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga 6 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 12:00 dan 7 yanvar kuni soat 24:00 ga qadar Ukrainadagi barcha o‘zaro to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etishni buyurdi. U Ukrainani ham Rojdestvo bayramida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Sharl' Mishel' Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

1

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing