YeI Markaziy Osiyo davlatlariga sanksiya qo‘llamaslikka va’da berdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi cheklovlarni chetlab o‘tgani uchun Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiyalar qo‘llamaslikka va’da bermoqda va diplomatiya yo‘li bilan ularni Rossiyani qo‘llab-quvvatlamaslikka ishontirishga umid qilmoqda. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Biz Rossiya urush mashinasini qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi ko‘plab choralar ko‘rdik. Hozir biz chetlab o‘tish xavfini kamaytirish uchun 11-sanksiyalar paketini muhokama qilmoqdamiz. Lekin shuni aniq aytmoqchimanki, biz hech qanday ekstraterritorial choralarni qo‘llamaymiz. Biz butun dunyodagi barcha hamkorlarimiz bilan faqat muloqot orqali ishlashni istaymiz. Sanksiyalar bo‘yicha maxsus elchimiz Devid O’Sallivan allaqachon mintaqadagi barcha mamlakatlar vakillari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘lgan. U bir tomondan, hamkorlarimizni Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam bermaslikka ishontirish uchun sanksiyalar bilan bog‘liq barcha masalalarni muhokama qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sanksiyalarimiz oqibatlari haqida ular bilan gaplashgan”, deydi Sharl Mishel.

Yevropaning yetakchi OAVlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga Rossiyaga ikki maqsadli uskunalar va butlovchi qismlarni yetkazib berish va reeksport qilishda gumon qilinib, uchinchi tomon kompaniyalari, jumladan, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan sanksiyalar joriy qilishni boshlashni taklif qilayotgani haqida xabar berdi.

Bu xabarlar hali rasman tasdiqlanmagan, ammo diplomatik manbalarga ko‘ra, ular haqiqat va bir qator G‘arbiy Yevropa davlatlarining qarshiliklariga sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi sanktsiya Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing