YeI Lukashenko va o‘g‘lini “qora ro‘yxat”ga kiritdi
Olam
−
06 noyabr 2020
7527Yevropa Ittifoqi Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiyalar joriy qildi va Prezident saylovi bilan bog‘liq “qora ro‘yxat”ni kengaytirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
YeI Aleksandr Lukashenko Prezident saylovidan oldingi va keyingi repressiya uchun javobgar ekanini aytmoqda.
Lukashenkodan tashqari, yana 14 nafar belarus amaldori ham “qora ro‘yxat”ga kirgan. Ularning orasida davlat rahbarining o‘g‘li ham bor. Ro‘yxatdagilarga YeIga kirish taqiqlanadi va ularning ittifoq hududidagi aktivlari muzlatiladi.
Ma’lumot uchun, Belarusda joriy yilning 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidan keyin mamlakatda muxolifatning ommaviy namoyishlari boshlanib ketdi. Muxolifat Svetlana Tixanovskaya g‘olib bo‘lgan deb hisoblayapti. Rasmiy ma’lumotlar esa Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan zafar quchganini ko‘rsatyapti.
Aksiya ishtirokchilarini tarqatish vaqtida kuch ishlatar tuzilmalar ko‘zni yoshlantiruvchi gaz, suv, ovozli granatalar va rezina o‘qlardan foydalandi. Odamlarni kaltaklash va hibsga olish holatlari ham uchradi.norozilik namoyishlari hamon davom etyapti. Dam olish kunlari ayniqsa, yirik aksiyalar o‘tkazilyapti.
LiveBarchasi