YeI Kreml bilan maxfiy muloqot boshladi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Rossiya–Ukraina urushi bo‘yicha ehtimoliy muzokaralarga zamin yaratish maqsadida Kreml bilan norasmiy aloqalar o‘rnatgan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta nomidan uning maslahatchisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin yuqori lavozimli amaldor bilan ikki marta telefon orqali muloqot qilgan. Suhbatlar kelajakdagi aniqroq muzokaralar uchun sharoit yaratish maqsadida o‘tkazilgan.

Biroq ushbu muloqotlar qachon bo‘lib o‘tgani va ularda aynan kimlar ishtirok etganiga oid ma’lumotlar ochiqlanmagan. Antoniu Koshtaning matbuot xizmati ham, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bu xabarga izoh berishdan tiyilgan.

May oyi boshida Koshta Yevropa Ittifoqi rahbariyati Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi. Uning aytishicha, bu borada YeIga a’zo davlatlar yetakchilari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda.

“Bloomberg” ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya ham Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan kelishilgan holda Vladimir Putinni tinchlik muzokaralariga jalb qilish strategiyasini muhokama qilgan.

Yevropalik rasmiylarning fikricha, Rossiya armiyasining frontdagi ilgarilashi sekinlashgani, Ukraina hujumlarining kuchaygani va iqtisodiy bosimning ortishi Moskvani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Evropa Ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing