YeI Kengashi Yevrokomissiyaning yangi tarkibini tasdiqladi
Olam
−
20 Sentabr
1460Yevropa Ittifoqi Kengashi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen tomonidan taklif qilingan Yevropa komissarlari ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda kecha, 19 sentyabr kuni YeI kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Endi qaror tasdiqlash uchun Yevropa parlamentiga yuboriladi.
“Bugun Kengash Yevropa Komissiyasi rahbari bilan umumiy kelishuvga ko‘ra, 2029 yil 31 oktyabrgacha bo‘lgan muddatga Komissiya a’zolari etib tayinlanishi taklif etilgan shaxslar ro‘yxatini tasdiqladi", deyiladi xabarda.
Ro‘yxatda jami 25 ta Yevropa komissarlari bor va Estoniyaning sobiq bosh vaziri Kaya Kallas ham alohida sanab o‘tilgan. U Josep Borrel o‘rniga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili bo‘ladi.
Yevrokomissiya rahbari 17 sentyabr kuni idoraning yangi tarkibi ro‘yxatini taqdim etdi. Ursula fon der Lyayen uning bo‘limining yangi tarkibi 11 nafar ayolni o‘z ichiga olishi kerakligini ta’kidladi, bu esa 40 foizlik kvotaga to‘g‘ri keladi.
Yevrokomissiyaning yangi tarkibi, agar barcha nomzodlar Yevroparlament tomonidan tasdiqlansa, 1 noyabrdan ish boshlaydi.
LiveBarchasi