YeI G‘azoda Trampning rejasi amalga oshirilishi uchun barcha choralarni ko‘radi – Kallas

Olam

image
Isroil va HAMAS nimalarga kelishib oldi? north_east

Isroil va HAMAS nimalarga kelishib oldi?

Yevropa Ittifoqi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSH Prezidenti Donald Trampning rejasi amalga oshirilishi uchun barcha choralarni ko‘radi. Bu haqda bugun, 9 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Kallasning bildirishicha, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuv “muhim yutuq”ni ifodalaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muhim diplomatik natija bo‘lib, vayronkor hujumlarga barham berish va barcha asirlarni ozod etish uchun real imkoniyat yaratadi.

“Yevropa Ittifoqi ushbu kelishuvning amalga oshirilishiga to‘liq ko‘maklashadi”, deydi Kallas.

Qayd etish joiz, bungacha Donald Tramp Isroil va Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishganini bildirgan edi. Ushbu sulh Trampning o‘zi oldinroq e’lon qilgan 20 banddan iborat rejasi asosida tuzilgan.

Unga ko‘ra, asirlar qisqa muddat ichida ozod qilinadi, Isroil qurolli kuchlari esa oldindan belgilangan chiziqqa chekinadi. HAMAS ham Misrning Sharm al-Shayx shahrida o‘tgan muzokaralarda Isroil bilan kelishuvga erishilganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha erishilgan kelishuvni mamnuniyat qabul qilganini aytib, ushbu sulh shartlariga qat’iy rioya etilishini diqqat bilan kuzatishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Kaya Kallas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing