YeI davlatlari Rossiyaga maksimal bosim o‘tkazishga kelishib oldi

Olam

image

Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Rossiya neftining uchdan ikki qismini import qilishga embargo qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Ukraina bo‘yicha rejadan tashqari sammiti o‘tayotgan Bryusselda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ma’lum qildi. 

“Rossiya neftini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishni taqiqlash bo‘yicha kelishuv. U Rossiya neft importining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini qoplaydi va bu uning urush mashinasini moliyalashtirishning katta manbasini to‘xtatadi. [Bu] urushni tugatish uchun Rossiyaga maksimal bosim", deb yozdi u Twitter sahifasida. 

Sberbankning SWIFT’dan uzilishi

Yevropa Ittifoqi davlatlari va hukumatlari rahbarlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketi bo‘yicha kelishib oldilar, xususan, Sberbankni SWIFT xalqaro moliyaviy xabar almashish tizimidan uzib qo‘yish va yana uchta Rossiya davlatining ommaviy axborot vositasini Yevroittifoq hududida translyatsiyasini taqiqlashni o‘z ichiga oladi.  

“Ushbu sanksiyalar paketi boshqa qattiq choralarni ham o‘z ichiga oladi: Rossiyaning eng yirik banki Sberbankni SWIFT’dan uzib qo‘yish, yana uchta Rossiya davlat teleradiokompaniyasini taqiqlash va Ukrainadagi urush jinoyatlari uchun mas’ullarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash”, deydi Mishel.

Yevropa Kengashi vakilining Bryusselda jurnalistlarga aytishicha, bu siyosiy qaror bo‘lib, undan keyin texnik protsedura bo‘lishi kerak. Qaror qabul qilingandan keyingina YeIning rasmiy jurnalida e’lon qilinadi va kuchga kiradi. 

Ukrainaga yordam haqida

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi va uning katta yettilikdagi hamkorlari Ukrainaga 9 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatish niyatida. 

"Yevropa Kengashi (Yevropa Ittifoqi sammiti) Ukrainaga joriy likvidlik ehtiyojlarini qoplash uchun yordam ko‘rsatishni davom ettirishga qaror qildi. Yevropa kengashi Ukrainaga 9 milliard yevro berishga tayyor", deb yozadi Mishel.

Avvalroq Yevropa kengashidagi manba ushbu yordam dasturining bir qismi grantlar, bir qismi esa imtiyozli kreditlar ko‘rinishida taqdim etilishini aytgan edi. 

YeI yetakchilari dasturning kredit va grant qismlari nisbati qanday bo‘lishini hali e’lon qilmagan. Shuningdek, YeI ushbu dasturni qaysi manbalar hisobidan moliyalashtirmoqchi ekanligi ham hali aniq emas. Yevropa Komissiyasi avvalroq bu maqsadda yevroobligatsiyalar chiqarishni taklif qilgan edi, biroq bu reja Yevropa Ittifoqi davlatlarining jiddiy tanqidiga uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

88

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing